“Yuve” voz kechayotgan Ronaldu: Men hali singanim yo‘q!

  • 13.03.2021 18:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus”ning Evropa Chempionlar ligasini tark etgani ortidan Krishtianu Ronalduning klubdan ketishi qizg‘in muhokama qilinayotgan bir paytda portugaliyalik yulduz hali o‘zining ko‘p narsalarga qodirligini ta’kidlab, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yangi post qo‘ydi.

- Hayotdagi yiqilishlar, tezda oyoqqa tura olish qobiliyati oldida hech narsa emas. Haqiqiy chempionlar hech qachon sinib qolmaydi!

Jamoamizning e’tibori A Seriya o‘yinlari va Italiya kubogi finaliga qaratilgan va biz mavsumda sovrinlarni qo‘lga kiritishimiz mumkin.

O‘tmish muzeylarniki, degan gap haqiqatan rost. Lekin futbolda xotira, degan tushuncha ham bor. Mening ham o‘z xotiralarim bor va tarixni o‘chirib bo‘lmaydi. Chunki tarix har kuni mashaqqatli  mehnatlar, jamoaviy ruh va bardavom harakatlar evaziga yoziladi. Buni anglamaganlar hech qachon muvaffaqiyatga erisha olmaydi, - deb yozadi Ronaldu.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
13/03/2021 23:56
Роналду учун энг яхши вариянт Юведан кетиб Реал Мадридга қайтиш ва бечора Зайниддин Зиданга Ёрдам бериш. ЕЧЛ да Яна зафар қуча олади Роналду.