"Yuventus" Arturni uzoq muddatga yo‘qotdi

  • 16 iyul, 2021, 14:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Artur uzoq muddatga safdan chiqdi. Bu haqda Corriere della Sera Torino nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 24 yoshli braziliyalik futbolchi tizzasidan jarohat olgan. Shifokorlar uni operatsiya qilish kerakligini aytishgan.

Agar Artur jarrohlik stoliga yotsa, uning tiklanishi uchun kamida 2 oy talab etiladi.

O‘tgan mavsum Artur "Yuventus" safida jami 32 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta gol urdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!