"Yuventus" asosiy xavbeklaridan biri Turindan ketadi

  • 10 avgust, 2020, 07:40
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Yuventus" yarim himoyachisi Blez Matyuidi mavsumlar oralig‘ida klubini almashtirishi mumkin.

33 yoshli frantsiyalik turinliklarning yangi bosh murabbiyi Andrea Pirloning rejalariga kirmaydi, deya xabar bermoqda Nikolo Skira.

Manbada qayd etilishicha, xavbek uchun Frantsiya birinchi divizioni va MLS chempionatidan taklif bor.

Yakunlangan mavsumda A Seriyada 35 ta o‘yinda maydonga tushgan Matyuidining "Yuve" bilan shartnomasi 2021 yilgacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!