“Yuventus” bu futbolchi uchun super hujumchidan voz kechishga tayyor

  • 15 avgust, 2020, 16:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” rahbariyati jamoani qaytadan shakllantirmoqda. Turinliklar yangi tarkibda Pol Pogbani ko‘rmoqchi. Albatta, hozirgi moliyaviy imkoniyatlar bilan Pogba darajasidagi qimmatbaho yulduzni xarid qilib bo‘lmaydi.

Tecno

Shuning uchun turinliklar o‘z hujumchisi Paulo Dibalaga “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqayotganini inobatga olib, uni Pol Pogbaga almashtirishni taklif qilmoqda.

Ayni paytda har ikki futbolchi o‘z klubi bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib bormoqda. Pogba fikrini o‘zgartirib, Manchesterda qolishni istayotgan bo‘lsa, Dibala “Yuventus” xo‘jayinlarini yiliga 15 million evro maosh berishga ko‘ndira olmayapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!