"Yuventus" futbolchisi yangi mavsumni London klubida boshlashi mumkin

  • 23 iyun, 2022, 11:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Vest Xem” klubi Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Luka Pellegriniga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Italiyalik jurnalist Nikolo Skira o‘zining tvitter sahifasida ma’lum qilishicha, ingliz klubi 23 yoshli futbolchini joriy yozgi transfer oynasida otib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. O‘z navbatida A Seriya grandi futbolchini munosib pul evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

23 yoshli Pellegrini o‘tgan mavsum "Yuventus" safida barcha turnirlarda jami 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!