"Yuventus" Germaniya terma jamoasi hujumchisi bilan kelishuvga erishdi!

  • 31 iyul, 2024, 23:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya Dortmund” klubi va Germaniya terma jamoasi hujumchisi Karim Adeyemi faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, “keksa sinora” 22 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra tomonlar o‘rtasidagi shartnoma besh yil muddatga imzolanadi va ushbu davr mobaynida futbolchi bonuslar bilan yiliga taxminan 3,5 million evro ishlab topadi. Klublar o‘rtasidagi kelishuvga binoan esa “Borussiya” ushbu transferdan 50 mln evro daromad ko‘radi.

Adeyemi “Borussiya D” safiga 2022 yilda “RB Zaltsburg” klubidan ko‘chib o‘tgan. U so‘nggi mavsumda jami 45 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va sakkizta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 12 millionni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!