
"Yuventus" "Inter"dan 2006 yilgi chempionlikni tortib olmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi 2006 yilda "Inter" berib yuborilgan A Seriya chempionligi bo‘yicha yana sudga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Calcio e Finanza.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Latsio viloyati ma’muriy sudi da’voni 2022 yilning mart oyida ko‘rib chiqadi. Ilgari ham turinliklar sudga shunga o‘xshash da’vo bilan uch marta murojaat qiligan, ammo ularning barchasi rad etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2006 yilda "Yuventus" birinchi o‘rinni egallagan, ammo keyin "Kalchopoli" mojarosi tufayli chempionlikdan mahrum qilingandi.
Fikrlar