
"Yuventus" "Inter"ni dog‘da qoldirmoqchi
Yozda tarkibini kuchaytirishni maqsad qilgan "Inter" mavsum yakunlangach, "Fiorentina" yarim himoyachisi Federiko Bernardeskini olishga yaqin turgan edi.
Endi bu futbolchining trasnferiga "Yuventus" ham qo‘shildi. Turinliklar nima qilib bo‘lsa-da, yosh yarim himoyachini olishga urinishini ma’lum qildi.
"Fiorentina" bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishdan bosh tortayotgan futbolchining ayni paytdagi narxi 25 million evroga baholanmoqda. Bernardeski joriy mavsumda barcha turnirlarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta golga mualliflik qildi.
Fikrlar