"Yuventus" jahon chempioni bilan kelishuvga erishdi
"Chelsi" hujumchisi Olive Jiru jamoa safini tark etishi kutilmoqda. Uni Turinda kutishmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, 33 yoshli forvard "Yuventus" klubi bilan 2 yillik kelishuvga erishgan. Turinliklar jahon chempioni uchun 2 yil mobaynida 4,5 mln evro maosh to‘lashga rozi. Faqat buning uchun Jiru erkin agent sifatida "keksa senora" safini to‘ldirishi lozim.
"Aristokratlar" esa bu transferdan eng kamida 5 mln evro ishlab olish niyatida. Katta transferlardan biroz qiynalgan londonliklar rahbariyati uchun yuqoridagi mablag‘ zarar qilmaydi. Frantsiyalik forvardning "ko‘klar" bilan yana 1 yillik shartnomasi bor.



Fikrlar