"Yuventus" "Manchester Siti" yetakchisiga qiziqish bildirmoqda
"Yuventus" jamoa tarkibini kuchaytirish bo‘yicha rejalarni ishlab chiqmoqda. "Transfer News Live" manbasi "Calciomercato"ga tayanib xabar berishicha, turinliklar Bernardu Silvani transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Portugaliyalik futbolchi yozda erkin agentga aylanishi mumkin. Uning "Manchester Siti" bilan tuzgan shartnomasi iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi. Avval ham matbuotda Silvaning "Yuventus"ga o‘tishi mumkinligi haqida bir necha bor xabarlar tarqalgan edi.
Bernardu Silva "Manchester Siti" safida 2017/2018 yilgi mavsumdan buyon to‘p surib kelmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida futbolchining kelajagi borasida aniq ma’lumotga ega emasligini aytdi.
Ma’lumot uchun, yozda Bernardu Silva 32 yoshga to‘ladi.
Fikrlar