
"Yuventus" "Manchester Siti" futbolchisini sotib olishdan voz kechdi
"Yuventus" klubi "Manchester Siti" bosh murabbiyi Kalvin Fillipsni sotib olish fikridan qaytdi. Bu haqda taniqli jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, turinliklar ingliz jamoasi taklif qilgan shartlar bo‘yicha kelishuvga erishishdan voz kechgan. "Zebralar" uning ijarasi va maoshi uchun so‘ralgan summani o‘ta yuqori, deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, Fillips joriy mavsumning APLning 4 o‘yinida birorta samarali harakat amalga oshirmadi. Uning "Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar