
“Yuventus” markaziy o‘yinda o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi
Hozirgina Italiya A Seriyasi 8-turidan o‘rin olgan markaziy bahs – “Yuventus” hamda “Napoli” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Unda Chiro Immobilening dubli evaziga rimliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Shu tariqa, “keksa sinora” A Seriyadagi ilk mag‘lubiyatini o‘z maydonida 8-turga kelib, qabul qilib oldi.
Italiya A Seriyasi. 8-tur
Yuventus – Latsio 1:2
Gollar: 1:0 – 23 Duglas Kosta, 1:1 – 47 Immobile, 1:2 – 54, penalti Immobile.
Yuventus – Buffon, Kellini, Bardzali, Lixtshtayner (Sturaro, 73), Duglas Kosta (Bernardeski, 54), Asamoa, Bentankur, Matyuidi, Xedira (Dibala, 65), Mandjukich, Iguain.
Latsio – Strakosha, de Vrey, Radu, Marushich, Bashtush, Milinkovich-Savich, Lulich(Gabarron 84), Luis Alberto (Nani, 72), Parolo, Leyva, Immobile (Kaysedo, 76).
Ogohlantirishlar: Buffon (52), Sturaro(90)
Fikrlar