
"Yuventus" mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi
"Yuventus" klubi mavsumoldi tayyorgarlik jarayonlari doirasida "Novara" klubiga qarshi ilk o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Unda turinliklar yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Ronaldu, Remzi, Pyatsa hamda Portanova (dubl) mualliflik qildi. Ushbu uchrashuvda "Yuve"ning yangi futbolchisi Artur o‘z debyutini nishonladi.
Bu Andrea Pirlo uchun turinliklar bosh murabbiyi sifatidagi birinchi g‘alaba hisoblanadi.
Fikrlar