“Yuventus” Moratani Turinga qaytarmoqchi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Alvaro Morata yozgi transferlar mavsumida “Yuventus”ga qaytishi mumkin, deya xabar beradi Tuttosport nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, turinliklar ispaniyalik futbolchining transfer huquqini sotib olishni rejalashtirmoqda. Morata 2014-2016 yillarda “keksa sinora” sharafini himoya qilgan.
24 yoshli futbolchi 2016 yil yozida “Real”ga qaytdi. Morata “Yuventus”ni tark etmoqchi emasdi, ammo madridliklar uni qaytarishni xohladi. Klub tarbiyalanuvchisini qaytashi “qirollik klubi”ga 30 million evroga tushdi.
Avvalroq Morata “Real”ni tark etishga tayyor ekanligini aytib o‘tgan. Sababi Zinedin Zidan unga asosiy tarkibda muntazam maydonga tushishga imkoniyat bermayotir.
Fikrlar