"Yuventus" Moyse Kinning transfer narxini e’lon qildi

  • 21 iyul, 2019, 16:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati joriy yozgi transferlar davrida hujumchi Moyse Kinni sotib yuborishga tayyor.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda “keksa sinora” 19 yoshli italiyalik futbolchini 30 mln evroga baholashmoqda. Biroq, turinliklar shartnomaga uni keyinchalik 40 mln evro evaziga sotib olish huquqini ham kiritishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Kinga ayni damda "Barselona", "Inter", "Arsenal", "Sevilya", "Everton" va "Borussiya" Dortmund klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda.

Ma’lumot uchun, Kin o‘tgan mavsum “Yuventus” safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushdi va 7ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!