"Yuventus" muxlislari uchun o‘ta noxush xabar!

  • 27 iyun, 2023, 11:00
  • 1
  • Futbol

"Yuventus"ning Evrokuboklardagi kelajagi bo‘yicha tez orada qaror qabul qilinadi. Mish-mishlarga ko‘ra, hukm Turin klubi zarariga xizmat qiladi.

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, italyan grandi bir mavsumga evrokuboklardan chetlatilishi mumkin. Bu esa kelasi mavsumda “Yuve”ning hatto Konferentsiyalar ligasida ham ishtirok eta olmasligini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, «Yuventus» moliyaviy qoidabuzarliklardan so‘ng A Seriya turnir jadvalida 10 ochko yo‘qotdi, shu sababli «keksa sinora» mavsumni atigi 7-o‘rinda yakunladi. Agar bu qaror bo‘lmaganida, “Yuventus” Chempionlar ligasi zonasida qolishi mumkin edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Botiraliev N
27/06/2023 11:34
Yuvega achinaman