"Yuventus" "Napoli" forvardiga bitim taklif qildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Napoli" hujumchisi Arkadiush Milik faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikola Skiraning ma’lum qilishicha, polshalik futbolchining o‘zi ham Turin klubiga ko‘chib o‘tishni istamoqda. "Yuve" unga 2025 yilga qadar amal qiluvchi bitim taklif qildi va yiliga 5 mln evro maosh to‘lab berishga tayyor.

Bundan tashqari, Milik o‘z agentini almashtirishni rejalashtirmoqda. Katta ehtimol bilan Fadi Ramadani 24 yoshli futbolchining yangi agentiga aylanadi.

Milik va "Napoli" o‘rtasidagi shartnoma keyingi yilning iyun oyida o‘z nihoyasiga etadi.

Forvard A Seriyaning joriy mavsumida 23 ta bahs o‘tkazib, 10 ta golga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!