
"Yuventus" o‘ta muhim o‘yinda "Inter" ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi (video)
Italiya A Seriyasining 37-turida “Yuventus” o‘z maydonida muddatidan avval chempionlikni naqd qilgan “Inter”ni qabul qildi.
Turindagi bellashuv murosasiz va shiddatli kurashlarga boy bo‘ldi. Yakunda 3:2 hisobida mezbonlar muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Yuventus”ning gollariga Krishtianu Ronaldu (24') va Xuan Kuadrado (45', 88') mualliflik qilgan bo‘lsa, “Inter” hisobiga yozilgan gollarni Romelu Lukaku (35') va Jorjo Kellini (86' avtogol) kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar