“Yuventus”: Ronaldu o‘rniga keladigan yulduz nomi ma’lum bo‘ldi

  • 13 aprel, 2021, 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronalduning “Yuventus”dagi faoliyati ham mavhumligicha qolmoqda. Turin superklubi rahbariyati agarda portugaliyalik yulduz boshqa jamoaga ketishni istasa unga qarshilik qilmasligini bildirdi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, “Yuventus” xo‘jayinlari Krishtianu Ronaldudan “Manchester Yunayted”dan Pol Pogbani olishda foydalanmoqchi. Mutaxassislar “Manchester Yunayted”ning kelasi mavsumda Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniyati yuqoriligi Ronalduni o‘ziga jalb etayotganini ta’kidlayapti.  

O‘z navbatida, Pol Pogba inglizlarning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini rad etdi. Frantsiyalik yarim himoyachi Turin klubiga Krishtianu Ronaldu ketganidan keyin qaytishi mumkinligini ma’lum qilgan. Andrea Pirlo esa anchadan beri uni “Yuventus”ga qaytarmoqchi bo‘lyapti.

Bundan tashqari, “Yuventus” ikkinchi hujumchi Paulo Dibala bilan ham xayrlashishga tayyor. Ular argentinalik yulduz o‘rniga Usmon Dembele, Gabriel Jezus yoki Mauro Ikardini olib kelishni mo‘ljallamoqda.

“Yuve” nishonidagi Shomurodov raqobatga dosh berolmayapti!

Shomurodovga qarshi o‘ynagan Ronaldu futbolkasini nega otib yubordi?

Ronaldu Eldorni kutmoqda. “Yuventus” Shomurodov nomzodiga qaytdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!