“Yuventus” Ronaldu o‘rniga undan zo‘rini oladi

  • 17 mart, 2021, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” rahbariyati yozda Krishtianu Ronalduni sotib, uning o‘rniga Erling Xolandni olishni rejalashtirmoqda. Yosh bo‘lishiga qaramay, gol urish bo‘yicha qator rekordlarni yangilab kelayotgan norvegiyalik hujumchiga deyarli barcha grand klublar xaridor bo‘lmoqda.

Tecno

“Borussiya” ham futbolchining narxi balandligida uni transfer qilib, mo‘may daromad olishga qarshi emas.

Ma’lumotlarga qaraganda, portugaliyalik yulduz o‘z agenti Jorje Mendeshga yangi jamoa topish bo‘yicha topshiriq bergan. Ronalduni olishi mumkin bo‘lganlar orasida “Manchester Yunayted”, “Pari Sen-Jermen” va “Real” tilga olinmoqda.

Ronalduning boshqa klubga o‘tishiga to‘sqinlik qiladigan yagona masala uning maoshidir. Uni taklif qiladigan klublar yiliga 31 million evro maosh olayotgan futbolchiga 20 million evrodan ko‘p taklif qila olmaydi.

Avvalroq, “Yuventus” Ronalduni sotib yuborgan taqdirda klub 90 million evro atrofida foyda ko‘rishi aytilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!