"Yuventus" Ronalduni PSJga berib yubormoqchi

  • 19.07.2021 11:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" joriy yozgi transferlar davrida PSJ bilan o‘zaro futbolchi almashtirishi mumkin. Bu haqda Football-Italia xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, klublar top darajadagi hujumchilarni almashtirish masalasini muhokama qilishmoqda. Aniqrog‘i, portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Parijga, argentinalik hujumchi Mauro Ikardi esa Turinga yo‘l olishi mumkin.

Krishtianu va "keksa sinora" o‘rtasidagi amaldagi shartnoma yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi. Tomonlar hamkorlikni 2023 yilgacha uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda, ammo hanuzgacha kelisha olishmayapti.

Ikardining Parij grandi bilan shartnomasi 2024 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!