"Yuventus" Ronalduni qanchaga sotmoqchi?

  • 11 mart, 2021, 21:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu yozgi transferlar davrida “Yuventus”ni tark etishi mumkin.

Tecno

Sport Mediaset tarqatgan xabarga qaraganda, turinliklar 2022 yilda shartnomasi tugaydigan 36 yoshli portugaliyalik futbolchini sotish orqali ma’lum miqdorda pul ishlab olishni rejalashtirmoqda. “Keksa sinora” rahbariyati Ronalduning transferini 60 mln evroga baholamoqda.

Aytish kerakki, Krishtianuning ketishi “Yuventus”ning moliyaviy holatiga ham ancha ijobiy ta’sir qiladi. Boisi, Ronalduning ayni damdagi yillik maoshi 54 mln evroni tashkil etadi.

Ronaldu joriy mavsum A Seriyada jami 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 20 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!