“Yuventus” Ronalduni sotadi. Ilk xaridor ham ma’lum!

  • 19 avgust, 2020, 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Yuventus” rahbariyati jamoa tarkibini yangilash jarayonida Krishtianu Ronalduni ham sotishga qaror qildi. Avvalroq, jamoadagi kelajagidan xavotir olgan Ronaldu bosh murabbiy Andrea Pirloga qo‘ng‘iroq qilgan va italiyalik mutaxassis portugaliyalik to‘purarga ishonch bildirishini aytgandi.

Vaziyatni kuzatib borayotgan ekspertlar Pirlo jamoani o‘ziga moslab shakllantirayotgani va bu loyihada Krishtianu Ronalduga joy yo‘qligini aytmoqda. Shu bois, Turin klubi eng qimmat maosh oladigan hujumchisini 54 million funt evaziga qo‘yib yuborishga tayyorligini ma’lum qildi.

Shuningdek, Ronalduning agenti Jorje Mendesh ham mijozi uchun yangi jamoa qidirishni boshlab yuborgan. Hozircha, portugaliyalik to‘purarga asosiy xaridor sifatida PSJ tilga olinmoqda. O‘tgan yili Ronalduning o‘zi ham PSJga o‘tish niyatidaligini bildirgan edi.

Krishtianu “Yuventus”ga o‘tganidan buyon A Seriyada 64 ta uchrashuvda 52 ta gol va 17 ta golli pasga mualliflik qildi.

“Yuve”dagi o‘zgarishlardan xavotirga tushgan Ronaldu zudlik bilan Pirloga qo‘ng‘iroq qildi

Ronalduning “Barsa”ga o‘tishi rostmi?

Pirlo Ronaldudan qutilmoqchi. “Yuventus” Krishtianuni “Barselona”ga taklif qildi

Ronalduga Neymar va Mbappe kerak!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Paxtakor va Barsa
21/08/2020 17:57
Mazzada shu oyinchigayam kuchli klublarga o'tadi chempionlik naqt va penaltilar xamma oyinchilar unga oynashga majbur. Agar seergeyevxam kuchli kamadaga otsa xar bitta chempionatda chempion boladi.