“Yuve”dagi o‘zgarishlardan xavotirga tushgan Ronaldu zudlik bilan Pirloga qo‘ng‘iroq qildi

  • 17 avgust, 2020, 19:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus”ning yangi bosh murabbiy Andrea Pirlo tarkibni yangilamoqda. Yosh murabbiy jamoaning asosiy tarkibidagi yulduzlardan ham voz kechishdan hayiqmayapti.

Turin klubi to‘purari Krishtianu Ronaldu bosh murabbiyga qo‘ng‘iroq qilib, jamoadagi mavqei haqida so‘ragan.  

Ma’lumotlarga qaraganda, Pirlo jamoa 35 yoshli hujumchi xizmatidan foydalanishda davom etishini, u asosiy futbolchilardan ekanini va trasnferga qo‘yilmasligini ma’lum qilgan.

Avvalroq, “Yuventus” maoshlarga sarflanayotgan mablag‘larni keskin kamaytirish maqsadida Krishtianu Ronalduni PSJ, “Barselona” , “Real” va AQSh jamoalariga taklif qilgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Krishtianu Ronaldu “Yuventus”da eng ko‘p – yiliga 31 million evro miqdorida maosh oladi. Mashhur to‘purar o‘tgan mavsumda jami turnirlarda 45 ta o‘yin o‘tkazib, 37 ta gol bilan klub rekordini o‘rnatdi va jamoaning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Pirlo Ronaldudan qutilmoqchi. “Yuventus” Krishtianuni “Barselona”ga taklif qildi

Ronalduning “Barsa”ga o‘tishi rostmi?

Ronalduning o‘zi yo‘q, lekin izi bor!

Ana xolos! Meksika jamoasi rasmiy sahifasida Krishtianu Ronaldu transferini e’lon qildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!