"Yuventus" Ronalduning "Real"dagi sobiq jamoadoshini xarid qilmoqchi

  • 14 yanvar, 2019, 16:05
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Turinning “Yuventus” klubi Real” jamoasining yana bir futbolchisi Iskoni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar bermoqda Tuttosport nashri.

Italiya gazetasining tarqatgan xabariga ko‘ra, klub ispaniyalik futbolchi atrofida bo‘layotgan voqealardan unumli foydalanib qolmoqchi. Santyago Solari bosh murabbiy etib tayinlanganiga qaramasdan Isko hamon zaxirada qolib ketmoqda. “Real Sosedad” qarshi o‘yinda madridliklar 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan va yarim himoyachi 57-daqiqadan keyin maydonda paydo bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Isko “Real”ni yanvarda tark etmoqchi emas, shuning uchun “Yuventus” uni yozgi transferlar mavsumida tarkibga qo‘shib olishga urinib ko‘radi.

2018 yili turinliklar “Real”dan Krishtianu Ronalduni sotib oldi. Isko madridliklar safiga 2013 yili “Malaga”dan kelgan. “Real” safida u Ispaniya chempioni va 4 karra EChL g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!