"Yuventus" Ronalduning transferi borasida "Real"ga rasmiy taklif bilan chiqdi

  • 03.07.2018 15:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning transferi borasida "Real"ga ilk taklifini yubordi.

Tecno

Xabarlarga qaraganda “keksa sinora” 33 yoshli futbolchi uchun “qirollik klubi”ga 120 mln evro taklif qilgan. Qayd etish lozimki, ushbu mablag‘ning chorak qismi bonus sifatida beriladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Yuventus” Ronalduga yiliga 30 mln evro maosh va 4 yillik shartnoma taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu o‘tgan mavsum “Real” safida jami 44ta bahsda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 44ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!