"Yuventus" Sarri uchun "Chelsi"ga qancha tovon puli to‘laydi?
"Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri tez orada "Yuventus" boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi.
The Independent nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "aristokratlar" Sarrini iste’foga chiqarishmoqchi emas va shu bois turinliklar uni qo‘lga kiritishlari uchun London klubiga 5,5 mln evro miqdorida tovon puli to‘lashi kerak.
Eslatib o‘tamiz, 60 yoshli italiyalik mutaxassis “Chelsi”ni 2018 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Londonliklar uning boshqaruvida o‘tgan mavsum APLni 3-o‘rinda yakunlashdi va Evropa ligasida g‘olib chiqishdi.

Fikrlar