"Yuventus" serbiyalik futbolchisini hali qo‘yib yubormoqchi emas

  • 20.01.2023 23:27
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" yanvarda hujumchi Dushan Vlaxovich bilan xayrlashmaydi.

"Football Italia" nashrining "Corriere dello Sport" nashriga tayanib xabar berishicha, Turin klubi qishda "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirayotganiga qaramay, futbolchini sotish haqida o‘ylamayapti. Agar sotgan taqdirda ham Vlaxovichni 90 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.

Jarohati tufayli serbiyalik futbolchi 25 oktyabrdan beri maydonga tushmadi. Uning yanvar oyidagi bahslarda ishtirok etmasligi aniq bo‘lib ulgurgan.

Joriy mavsumda 22 yoshli forvard A Seriyada 10 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!