
"Yuventus" "Siti" va "Barsa" qiziqayotgan futbolchiga narx belgiladi
"Yuventus" yozgi transfer oynasida Adrien Rabo bilan xayrlashishga tayyor, deya yozmoqda Gazzetta.it xabar tarqatdi. Futbolchi xizmatiga Evropaning top klublari qiziqish bildirmoqda.
Manbaning yozishicha, frantsiyalik futbolchiga "Barselona" va "Manchester Siti" klublari asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Turinliklar yarim himoyachini 30 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsum Rabo "keksa senoralar" safida 35ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan hamda 2ta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar