
“Yuventus” Sulsher kutayotgan futbolchini ilib ketadi
“Yuventus” mutasaddilari jamoaga “Milan” etakchisi Hakan Chalxano‘g‘lini olib kelish bo‘yicha ish boshlashni rejalashtirmoqda.
Bu futbolchini “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Sulsher ham intizorlik bilan kutyapti.
Hakanning bozori qaynashiga uning milanliklar bilan yangi shartnomadan bosh tortgani sabab bo‘ldi. Turkiyalik pleymeyker kelasi yili yozda erkin agentga aylanadi. Agar “Milan” uni yangi bitimga ko‘ndira olmasa, futbolchi yanvardan boshlab, boshqa klublar bilan muzokaraga kirishish va kelishuv imzolash huquqiga ega bo‘ladi.
Aslida Chalxano‘g‘li uchun “Manchester Yunayted” asosiy da’vogar hisoblanayotgan edi. Lekin Hakan yaqinda Turinga borib, “Yuventus”da o‘ynayotgan hamyurti Merix Demirel bilan ko‘rishganidan keyin vaziyat keskin o‘zgardi.
Kuzatuvchilar Chalxano‘g‘li Turinga bejizga bormaganini, uning agentlari “Yuventus” bilan muzokaralarni boshlaganini ta’kidlamoqda.
Fikrlar