
"Yuventus" superto‘purar uchun 8 ta futbolchisi bilan xayrlashmoqchi
"Yuventus" Viktor Gyokeresh transferini amalga oshirish uchun sakkiz nafar futbolchisini sotishga tayyor.
Turin klubi 27 yoshli "Sporting" va Shvetsiya terma jamoasi hujumchisini jamoaga qo‘shishni juda xohlayapti va ushbu hamda boshqa yozgi transferlarni moliyalashtirish uchun kimlarni sotishi mumkinligini allaqachon aniqlab olgan.
Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, Portugaliya klubi Viktor Gyokereshni 70 million evro + 10 million bonus evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. U so‘nggi ikki mavsumda 102 ta o‘yinda 97 ta gol urgan.
"Yuventus" hujumchi Dushan Vlahovich va yarim himoyachi Duglas Luisni sotish orqali kamida 60 million evro daromad olishni rejalashtirmoqda. Himoyachi Lloyd Kelli transferidan yana 15 million evro kutilmoqda. Vinger Samuel Mbangulaning narxi esa 15–20 million evroga baholanmoqda.
Qo‘shimcha mablag‘lar hujumchi Arkadiush Milik, darvozabon Mattia Perin, himoyachi Daniele Rugani va yarim himoyachi Filip Kostich transferlaridan ham kelib tushishi mumkin.
Fikrlar