"Yuventus" va Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi

  • 02.10.2019 15:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi va Italiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Klaudio Markizio futbolchilik faoliyatini yakunlaydi.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 33 yoshli futbolchi bu haqda ertaga "Yuventus"ning uy stadioni bo‘lgan "Alyants Stedium"da e’lon qilishi kutilmoqda. Uning butsalarni mixga ilishiga sabab sog‘ligi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, Markizioning so‘nggi jamoasi Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!