"Yuventus" va MYu super hujumchilar rokirovkasini amalga oshirishga yaqin turibdi

  • 31 iyul, 2019, 10:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" va "Yuventus" klublari o‘zaro hujumchilar almashish borasida kelishuvga erishishdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra argentinalik hujumchi Manchesterga, belgiyalik forvard esa Turinga yo‘l oladi.

Endi ushbu rokirovka amalga oshishi uchun faqatgina Dibala MYu bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olsa bas. Ayni paytda uning agenti Angliyada bo‘lib turibdi va “qizil iblislar” bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!