"Yuventus" Yaya Tureni Turinga chorlamoqda
"Manchester Siti"ning tajribali futbolchisi Yaya Ture qishki transferlar vaqtida "Yuventus" tarkibiga borib qo‘shilishi mumkin.
Turening "Manchester Siti" jamoasi bilan shartnomasi 2017 yilning yozida tugaydi. Shu bois 33 yoshli futbolchi qishki transferlar vaqtida istagan klubi bilan muzokaraga kirishishi mumkin.Hozircha "Yuventus" Turega qiziqish bildirgan.
Yaya Ture bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan yuz bergan mojaro tufayli uzoq vaqt tarkibda kiritilmadi. Futbolchi ommaviy tarzda uzr so‘ragachgina, o‘yinlarga qo‘yila boshladi. Hozircha uchta uchrashuv o‘tkazgan Ture ikkita gol urdi.

Fikrlar