"Yuventus" yozda jahon chempionini sotib olmoqchi

  • 13 fevral, 2020, 23:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi "Bavariya" yarim himoyachisi Korenten Tolissoning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “keksa sinor” 25 yoshli frantsiyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishni rejalashtirmoqda. Myunxenliklar ham asosiy tarkibdagi o‘rnini boy bergan futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Tolisso joriy mavsum “Bavariya” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!