
"Yuventus" yozda "Real" etakchilaridan birini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Madridning "Real" klubi vingeri Marko Asensio faoliyatini katta ehtimol bilan faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli ispaniyalik futbolchini “Yuventus” o‘z safida ko‘rmoqchi. Turinliklar vakillari allaqachon ushbu transfer masalasida futbolchining agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Ta’kidlash kerakki Asensio etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab “qirollik klubi”dan ketishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Asensio uchun kurashda “Liverpul” klubi favorit ekanligi borasida ham xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar