"Yuventus"ga "Bavariya" futbolchisi kerak
Turinning "Yuventus" klubi "Bavariya" yarim himoyachisi Korenten Tolissoni o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluka Di Martsio o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, agar “keksa sinora”ning “Sassuolo” yarim himoyachisi Manuel Lokatellini sotib olish rejasi barbod bo‘lsa, u holda bor e’tibor aynan frantsiyalik futbolchiga qaratiladi. Tolisso “Yuve”ning zaxira varianti hisoblanadi.
"Yuventus" allaqachon 26 yoshli Korentenning transfer masalasida nemis grandi bilan aloqaga chiqqan.
Tolisso o‘tgan mavsum "Bavariya" safida jami 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta golga mualliflik qildi. Uning transfer narxi 20 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar