
"Yuventus"ning e’tibori "Bavariya" futbolchisiga tushdi
Germaniya terma jamoasi va Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Leon Goretska Bundesligani A Seriyaga o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 27 yoshli futbolchining transferiga "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda. Potentsial transfer narxi esa 65 million evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Goretskaning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. U joriy mavsumda Germaniya chempionatining 11 ta uchrashuvida maydonga tushib, 3 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar