
"Yuventus"ning maqsadi nima? Pirlo bu savolga "konkret" javob berdi
"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo kecha “Napoli” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, mavsumning qolgan qismi uchun jamoa rejalari qanday ekani haqida gapirdi.
“Benevento” bizni chempionlik kurashidan mahrum qildi. Endi jadvalning yuqori qismiga chiqish qiyin va shu sababli, maqsadimiz mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlash. Biz 10 ta o‘yindan iborat mini-turnirni yutishimiz va Italiya kubogida g‘alaba qozonishimiz kerak. Biz chempionat va Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizliklar uchun afsusdamiz.
“Yuventus”ni boshqaradigan murabbiy maqsadlarni tanlamasligi, balki ularga erishish haqida o‘ylashi lozim”, - dedi Pirlo.
Pirlo “Yuventus”ni o‘tgan yilning yozida qabul qilib olgan edi. Uning boshqaruvida jamoa Chempionlar ligasi 1/8 finalida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Hozirda “keksa sinora” A Seriya musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar