
Yuzimga urishdi, oyog‘imga tepishdi, keyin koronavirus yuqtirdim!
“Manchester Siti” pleymeykeri Kevin De Bryuyne salomatligi borasida qanday muammolarga duch kelgani va hali sport formasini to‘liq tiklab olmagani haqida gapirdi.
30 yoshli futbolchi Chempionlar ligasining finalida “Chelsi” himoyachisi Antonio Ryudiger bilan to‘qnashdi, keyinchalik Evropa chempionatida to‘pig‘idan jarohat oldi va koronavirusga qarshi kurashishdi.
- Sport formamni cho‘qqisiga chiqdim, deb o‘ylamayman. O‘yin davomida bir-ikki tezlashganimda, organizm koviddan keyin moslashish jarayonida ekanini his qilyapman. Haftasiga ikki marta o‘ynay olganimdan xursandman.
Ahvolim yaxshilanyapti. Yuzimga urishdi, to‘pig‘imga tepishdi, keyin koronavirus bilan og‘ridim, mavsum men uchun ana shunday davom etmoqda, - dedi Kevin de Bryuyne.
Fikrlar