Zamonaviy beshkurash. Alise Faxrutdinova Ispaniya yig‘inida

  • 27.01.2023 16:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Zamonaviy beshkurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Alise Faxrutdinova ayni paytda yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mashg‘ulotlar Ispaniyada o‘tkazilyapti. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, 20 yanvar kuni boshlangan yig‘in 8 fevral kunigacha davom etadi. Unda mezbonlardan tashqari Chexiya, Germaniya, Latviya va Gruziya terma jamoalarining beshkurashchilari, shuningdek, bir qator qilichbozlar ham qatnashmoqda.

Mashg‘ulotlarda ko‘proq qilichbozlik yo‘nalishiga ahamiyat qaratilib, taktik harakatlar, qolaversa, usullarning texnik ijrosini mustahkamlashga e’tibor berilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!