
Zarruh Adashev UFC promoushenidagi ikkinchi jangini qachon o‘tkazadi?
MMA jangchisi Zarruh Adashev UFC bilan shartnoma tuzganligi va ushbu promoushenda debyut jangini o‘tkazganidan xabardorsiz. Uning keyingi jangi qachon bo‘lishi barcha muxlislarni qiziqtirayotganligi aniq. Shuni inobatga olib, biz yurtdoshimiz bilan bog‘landik va uning UFCda navbatdagi chiqishi qachonga mo‘ljallayotganligi bilan qiziqdik.
"Hozir, Las-Vegasga o‘quv mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish uchun keldim va tayyorgarlikka kirishdim. UFC promoushenidagi ikkinchi jangim noyabr oyida bo‘lishi kutilmoqda. Lekin aniq sana va raqib hali ma’lum emas", - dedi Adashev.
Yurtdoshimiz UFC dagi birinchi jangini qisqa muddatli tayyorgarlikdan so‘ng, okean orti vakili Tayson Nemga qarshi o‘tkazib, imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Fikrlar