
Zarruh Adashev UFCda ikkinchi jangini o‘tkazadi. Jang sanasi ham ma’lum...
Yangi yilning 30 yanvar kuni Abu-Dabida joylashgan "Janglar oroli"da "UFC Fight Night" turniri tashkil etiladi. Biz uchun ahamiyatli jihati, ushbu jang kechasida hamyurtimiz Zarruh Adashev (3-2) ham o‘z jangini o‘tkazadi.
Ma’lumki, yurtdoshimiz UFCdagi ikkinchi jangini 14 noyabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida debyutant amerikalik Jeff Molinaga qarshi o‘tkazishi kerak edi. Biroq Adashev koronavirusga chalingani tufayli, jang qoldirilgandi. Endi, ushbu to‘qnashuv 30 yanvarda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Hamyurtimiz bu safar o‘zining divizioni sanaladigan super engil (57 kg) vazn toifasida oktagonga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, Molina faoliyati mobaynida 10 ta jang o‘tkazgan, ularning 8 tasida g‘alaba qozongan va 2 marotaba mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar