Zaynab Dayibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi

  • 1 aprel, 2024, 10:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun qilichbozlik sportida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolarini jamg‘arish davri rasman yakunlandi. Quvonarlisi, sablya bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Zaynab Dayibekova ushbu reyting orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri 4 yillikning eng nufuzli musobaqasiga yo‘llanma oldi.

Tecno

Shu tariqa, Dayibekova faoliyatida ikkinchi bor Olimpiya o‘yinlarining ishtirokchisiga aylanmoqda. Qolgan yo‘nalishlardagi qilichbozlarimiz 27-28-aprel kunlari BAAning Fujayra shahrida o‘tadigan qit’aviy litsenzion turnir orqali yo‘llanma olishga harakat qilishadi. Shuning bilan, O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan litsenziyalari 26 taga etdi.

Manba: MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!