"Zenit" Azmunni terma jamoaga qo‘yib yubormadi. Eron futbol federatsiyasi FIFAga arz qildi

  • 27 yanvar, 2022, 08:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron futbol federatsiyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktori Husayn Sharifiyning aytishicha, “Zenit” hujumchi Sardor Azmunni JCh-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan o‘yinlarga qo‘yib yuborishdan bosh tortgan.

“Azmunning borligi terma jamoa va federatsiya uchun juda muhim. Afsuski, federatsiya va terma jamoa tomonidan qilingan sa’y-harakatlarga qaramay, "Zenit" biz bilan to‘g‘ri hamkorlik qilmadi, bu g‘alati ko‘rinadi va tergovni talab qiladi.

Biz FIFAga murojaat yubordik va bu borada tezroq tekshiruv o‘tkazilishini istaymiz. Bunday hamkorlik FIFA tomonidan tartibga solinganini inobatga olsak, buni e’tiborsiz qoldirmaymiz”, - dedi Sharifi.

Eron terma jamoasi 27 yanvar kuni Iroq bilan, 1 fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklari bilan o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!