
"Zenit" bilan shartnomasi yakunlangan futbolchi La Liga va APL klubi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
"Zenit" klubi yarim himoyachisi Daler Kuzyaev faqatgina "Valensiya" bilan muzokaralar o‘tkazmayapti.
Sport24 tarqatgan xabarga qaraganda, 27 yoshli rossiyalik futbolchiga "Byornli"dan ham takliflar bor. Aytish kerakki, kecha Kuzyaevning piterliklar bilan shartnomasi o‘z yakuniga etdi va u endi yangi jamoasiga erkin agent sifatida borib qo‘shilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Kuzyaev joriy mavsum “Zenit” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar