"Zenit" futbolchisi yangi mavsumni Frantsiya chempionatida boshlaydigan bo‘ldi
Frantsiyaning “Sent-Eten” klubi braziliyalik yarim himoyachi Ernanining ijarasi borasida Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi bilan kelishuvga erishdi.
Piterliklar rasmiy saytining ma’lum qilishicha 23 yoshli futbolchining ijarasi 2017/18 yilgi mavsum so‘nggiga qadar imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, “Zenit” safiga 2016 yilning dekabrida kelib qo‘shilgan Ernani o‘tgan davr mobaynida piterliklar tarkibida jami 11ta uchrashuv o‘tkazishga muvoffaq bo‘lgan.
Fikrlar