"Zenit" Lovrenni 12 million evroga sotib olgani rostmi?

  • 28 iyul, 2020, 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Zenit" klubi bosh direktori Aleksandr Medvedev "Liverpul" himoyachisi Deyan Lovrenning transferi uchun 12 million evro to‘langani haqidagi xabarlarni inkor etdi.

Tecno

“OAVda e’lon qilinayotgan pullar umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Transfer shartlari va futbolchi bilan bo‘lgan kelishuvdan mamnunmiz. Deyan – haqiqiy jangchi, u o‘zini to‘liq o‘yinga bag‘ishlaydi. Bunday futbolchilar jamoamizga kerak. Unda Chempionlar ligasida o‘ynash va g‘alaba qozonish tajribasi bor”, - deydi Medvedov.

Eslatib o‘tamiz, Lovren 2014-2020 yillarda "Liverpul" safida to‘p surdi va 185 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!