
"Zenit" o‘z maydonida "RB Leyptsig" bilan durang o‘ynadi va musobaqani tark etdi (video)
Avval xabar berganimizek kecha UEFA Evropa ligasining 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Rossiyaning yana bir jamoasi “Zenit” esa o‘z maydonida “RB Leyptsig” klubini qabul qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra esa chorak final yo‘llanmasi nemis klubiga nasib etdi.
Eslatib o‘tish lozimki dastlabki o‘yinda "Leyptsig" o‘z maydonida 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar