
"Zenit" "Yuventus" bilan ham raqobatlasha oladi!"
"Zenit"ning sobiq hujumchisi Dmitriy Radchenko Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turida "Chelsi" ga qarshi uchrashuvdan so‘ng (0;1) jamoa o‘yini haqida fikr bildirdi:
"Zenit" kecha ko‘rsatgan o‘yini bilan ko‘proq yutuqlarga erishishi mumkin edi. Bahs durang bilan yakunlanganda biz uchun yaxshi, ammo "Chelsi" uchun nohaqlik bo‘lardi. Garchi ular keskin kurash taqdim etmagan bo‘lsa-da, maydonda biroz ustunligini ko‘rsatib qo‘ydi.
Shu sababli, "Zenit" bosim bilan harakat qildi. Menimcha, Rossiyaning hech bir klubi "Chelsi"ga qarshi bunday o‘ynay olmasdi. Jamoamiz "Yuventus" bilan ham raqobatlasha oladi. Kecha ular buni isbot qila oldi", - deydi Radchenko.
Ma’lumot uchun, "Zenit" - "Yuventus" bellashuvi 20 oktyabr kuni "Gazprom Arena"da bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar